O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari Oliy davlatlararo kengash majlisida 7 mlrd dollarlik shartnomalar imzolanganini ijobiy baholadi. Tomonlar energetika quvvatlari va infratuzilmasini qurish, muqobil energiya manbalarni rivojlantirish, shuningdek, suv obyektlarini raqamlashtirishga kelishib oldi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Ostonada o‘tgan muzokaralarda tovar ayirboshlash hajmini 10 mlrd dollarga yetkazish, Sirdaryoda Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi va Qambarota GES-1 qurilishini tezlashtirishga kelishib oldi. Tomonlar Qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etish masalasini o‘rganadi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikail Jabborov uchrashib, investitsiyalar, savdo, transport va logistika sohasidagi hamkorlik salohiyatini muhokama qildi. Tomonlar o‘zaro va tranzit yuk tashishni ko‘paytirish bo‘yicha hamkorlik yo‘llarini ko‘rib chiqishdi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston tovar aylanmasi hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirayapti. Ikki davlat bosh vazirlari O‘shda chegaradosh viloyatlar hokimlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etdi. Energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, transchegaraviy savdo va boshqa sohalardagi loyihalar muhokama qilindi.
Rossiya 2021 yilda O‘zbekistonning eng yirik savdo sherigi maqomini qaytarib oldi. Bu mamlakatdan oziq-ovqat, neft mahsulotlari, yog‘och va boshqa tovarlar katta hajmda keltiriladi. Ukraina esa O‘zbekistonning dori vositalari, yarim tayyor metall buyumlari va boshqalarni eksport qiladigan to‘qqizinchi yirik savdo hamkori hisoblanadi. «Gazeta.uz» O‘zbekistonning ushbu ikki davlat bilan savdo-iqtisodiy munosabatlari qanday yo‘lga qo‘yilgani, harbiy mojaro va sanksiyalar fonida qanday xavf-xatarlar borligini o‘rganib chiqdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting